"Nottingem Forest" yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uayt "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” rahbariyati kelishuv imkoniyatini baholash maqsadida 25 yoshli yarim himoyachining transferi bo‘yicha “o‘rmonchilar” bilan dastlabki muzokaralarni boshlashni rejalashtirgan.
Gibbs-Uayt joriy mavsumda barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













