Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/01 16:30 Iroq 1-2 Avstraliya
14/01 16:30 Tailand 0-0 Xitoy
14/01 22:30 Napoli 0-0 Parma
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya
16/01 00:45 Komo - Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA

"Neftchi" jamoasida ukrainalik murabbiy ish boshladi

"Neftchi" jamoasida ukrainalik murabbiy ish boshladi

Baho:
+ | -

Farg‘onaning "Neftchi" jamoasida ukrainalik tajribali murabbiy Andrey Annenkov yordamchi sifatida Vitaliy Levchenko bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Andrey Annenkov mehnat faoliyatini 1986 yil "Avangard" Kursk klubida boshlagan. Keyingi ikki yilni ukrainalik mutaxassis "Iskra" (Smolensk) jamoasida o‘tkazdi.

1990 yilda u "Dinamo" Kiyev taklifini qabul qildi va ikki yil Kiyevda ishladi. Shuningdek, Andrey Annenkov Ukraina terma jamoasida ham faoliyat yuritgan murabbiylardan hisoblanadi.

Murabbiylik faoliyati:

Andrey Mixayilovich Annenkov 2007 yildan Kiyevning "Arsenal" klubi yoshlar jamoasida faoliyatini boshladi. Turli toifadagi jamoalarda yaxshi natijalarga erishgan murabbiy 2014/15 yilgi mavsumda "Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanadi.

2019 yilda Ukraina U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Petrakov shtabida ishlab, yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibiga aylandi. Mazkur turnirda yuksak natijani qo‘lga kiritganligi munosabati bilan mutaxassis Ukraina jismoniy tarbiya va sport ishchisi unvoni bilan taqdirlanadi.

2021/22 yil mavsumida u Odessaning "Chernomores" klubi murabbiylar shtabiga qo‘shiladi.

2021 yil avgust oyida Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Petrakovga yordamchi murabbiy bo‘lib ishga kirishadi.

Andrey Mixaylovich Annenkovning so‘nggi ish joyi esa Armaniston milliy terma jamoasi bo‘ldi. Murabbiy u yerda ham Aleksandr Petrakov bilan hamkorlikda yordamchi murabbiy bo‘lib faoliyat olib bordi.

 

Kiritildi: 11:51, 16.04.2025.
O'qildi: 996 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.