Fransiya va “Barselona” himoyachisi Jyul Kunde Angliya chempionatida ishtirok etishi mumkin.
Bu haqda Sport.es jurnalistlari xabar berishdi. Manbaning xabariga ko‘ra, Londonning "Arsenal" klubi shartnoma imzolashdan manfaatdor.
Angliya top-klubi boshliqlari Kundeni sotib olish uchun 75 million yevro atrofida mablag‘ ajratishga tayyor.
Fransiyalik futbolchining o‘zi tomonlar kelishuvga erisha olsa, jamoani almashtirishga qarshi emas.













