Angliyalik hujumchi Markus Reshford "Aston Villa"da porlamoqda, ammo unga bo‘lgan huquqlar, eslaymizki, boshqa klub - "Manchester Yunayted"ga tegishli. Sobiq hujumchi Ueyn Runi mavsum oxirida Reshfordning Manchesterga qaytishiga shubha qilmayapti.
"Reshfordning "Manchester Yunayted"ga qaytishni istashiga shubham yo‘q. Men o‘zim bunga 100% aminman. U bu klubni qo‘llab-quvvatlaydi. Oxirgi bir yarim yil uning uchun og‘ir bo‘ldi va unga asosiy tarkibda barqaror o‘rin kerak", - dedi Runi.
Eslatib o‘tamiz, Markus Reshford "Manchester Yunayted"da 2015 yildan buyon o‘ynab kelmoqda.













