"Manchester Siti" qanot vingeri Jek Grilish yozgi transfer oynasida klubdan ketmoqchi emas, deya xabar berdi TBR Football.
Manbaga ko‘ra, 29 yoshli angliyalik futbolchi Manchesterda baxtli. U hozirda olayotgan maoshini (haftasiga 300 ming funt) pasaytirmoqchi emas.
Unga qiziqish bildirayotgan "Tottenxem" va "Aston Villa" bunday katta summani ko‘tara olmaydi.













