Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Prevyu. "Neftchi" - "Paxtakor"

Prevyu. "Neftchi" - "Paxtakor"

Baho:
+ | -

Superliganing 6-tur o‘yinida muxlislar o‘zbekcha mumtoz to‘qnashuv guvohi bo‘lishadi.

Jamoalar chempionatlar tarixida 60 o‘yin o‘tkazishgan. Kichik ustunlik "Paxtakor" tarafida - 28 g‘alaba, 10 durang va 22 mag‘lubiyat. Raqib darvozasiga 97 to‘p kiritgan "Sherlar" 70 to‘p o‘tkazib yuborishgan. Farg‘onadagi bellashuvlarning 16tasida "Neftchi" ustun kelgan bo‘lsa, 7 bahsda toshkentliklar g‘alaba qozongan. Yetti o‘yin durang bilan tugagan. "Paxtakor" 10 bor raqibni yirik hisobda dog‘da qoldirishga erishgan bo‘lsa, "Neftchi"da bunday g‘alabalar soni uchtani tashkil qiladi.

Shuningdek, klublar O‘zbekiston Kubogida 15 uchrashuv o‘tkazganlar va "Paxtakor" ularning 12tasida ustun kelgan. 3 bellashuvda raqibning yutug‘i kuzatilgan. "Paxtakor-79" xotira turniri va "Toshkent xalqaro turniri" finallarida ham jamoalarning to‘qnashuvi ro‘y berib, ularda jamoamiz muvaffaqiyatga erishgan.

"Paxtakor"ning eng yirik g‘alabasi 6:0, "Neftchi"da esa 4:0 hisoblanadi. Rustam Do‘rmonov o‘zaro uchrashuvlarda 12 to‘p kiritgan. Shuhrat Maqsudov va Temur Kapadze  har ikki jamoa tarkibida gol urgan o‘yinchilar sanaladi.

"Neftchi" va "Paxtakor" o‘rtasidagi to‘qnashuv 19 aprel, shanba kuni Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida soat 20:15da boshlanadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 22:17, 18.04.2025.
O'qildi: 1356 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик