"Roma" Italiya chempionatidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.
Rimliklar A Seriyaning 33-turida "Verona"ni mag‘lub etdi (1:0).
"Roma"ning chempionatdagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 17 o‘yindan beri davom etmoqda. Jamoa oxirgi marta dekabr oyida "Komo"ga yutqazgandi (0:2).

Klaudio Ranyeri jamoasi 57 ochko bilan A Seriya musobaqa jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. "Roma" keyingi turda "Inter" mehmoni bo‘ladi (27-aprel).













