Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Rafael Leau: "Bu so‘nggi imkoniyat"

Rafael Leau: "Bu so‘nggi imkoniyat"

Baho:
+ | -

Rafael Leauning fikricha, Italiya kubogidagi g‘alaba "Milan" yomon mavsumini qutqarib qolishi mumkin.

Chorshanba kuni "rossonerilar" Italiya kubogi yarim final javob o‘yinida "Inter"ga qarshi bahs olib boradi (birinchi o‘yin - 1:1).

"G‘alaba uchun borimizni berishimiz, finalga chiqishimiz va barcha muxlislarimizni xursand qilishimiz kerak. Bu juda qiyin o‘tayotgan mavsumda muhim.

Bu derbi, ko‘p gapirishning hojati yo‘q. Biz o‘yinga g‘alaba uchun to‘g‘ri kayfiyat bilan yondashishimiz va bu sovrinni qo‘lga kiritishga qodir ekanimizga ishonishimiz kerak. Bu mavsumimizni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan o‘ta muhim o‘yin. Bu so‘nggi imkoniyat," - dedi "Milan" vingeri.

Mavsum davomida "rossonerilar" Italiya Superkubogini qo‘lga kiritgan va "Feyenoord" (0:1, 1:1) bilan o‘tish o‘yinlaridan so‘ng Chempionlar Ligasini tark etishgandi.

Serjiu Konseysau jamoasi 33-turdan so‘ng A Seriyada 9-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 08:38, 21.04.2025.
O'qildi: 1430 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик