Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

4 kundan keyin UFC’da debyut qilishi kerak bo‘lgan afg‘onistonlik jangchi hibsga olindi

4 kundan keyin UFC’da debyut qilishi kerak bo‘lgan afg‘onistonlik jangchi hibsga olindi

Baho:
+1 | -1

“Team Alpha Male” jamoasi a’zosi, 28 yoshli yengil vazn toifasidagi asli afg‘onistonlik bo‘lgan jangchi Ahmad Hasanzoda (12-3) AQSHning Sakramento shahrida voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy tajovuz qilishda gumon qilinib hibsga olindi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, jinoyatchi va jabrlanuvchi o‘rtasidagi farq 10 yoshni tashkil qiladi, bu esa ayblov og‘irligini yanada kuchaytirishi aytilmoqda. Shuningdek, Hasanzoda hodisa sodir bo‘lgan paytda spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgani va begona uyga kirib jinoyat sodir etgani haqida taxminlar ham mavjud.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ahmad UFC bilan o‘tgan yilning kuzida  shartnoma imzolagan va 26 aprel kuni o‘zining debyut jangini o‘tkazishi kerak edi. Biroq sodir bo‘lgan voqea sababli uning turnirdagi ishtiroki bekor qilindi.

Kaliforniya shtati joriy yilning mart oyida og‘ir jinoyatlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirgan. Agar Hasanzodaga qo‘yilgan ayblovlar isbotlansa, u 25 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Shuningdek, qonunga ko‘ra, hatto ayrim holatlarda o‘lim jazosi ham qo‘llanishi mumkin.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:25, 22.04.2025.
O'qildi: 2110 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.