Angliya Premyer-ligasining 34-turida "Manchester Siti" "Etihad"da "Aston Villa"ni mag‘lub etdi. So‘nggi daqiqalarda Mateush Nuneshning goli evaziga "shaharliklar" g‘alabani ilib ketdi.
"Siti" 2024 yilning oktyabr oyidan buyon ilk bor Angliya chempionatida ketma-ket uchta o‘yinda g‘alaba qozondi. Mavsum startidagina Pep Gvardiola jamoasi dastlabki to‘rt turda g‘alaba qozonib, eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgandi.













