Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bavariya" Bundesliga chempionligini rasmiylashtirishi mumkin bo‘lgan o‘yinni Keyn o‘tkazib yuboradi

"Bavariya" Bundesliga chempionligini rasmiylashtirishi mumkin bo‘lgan o‘yinni Keyn o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Bundesliga 31-turidan o‘rin olgan "Mayns"ga (3:0) qarshi o‘yinda sariq kartochka oldi.

Endi hujumchining hisobida Bundesliganing bu mavsumida beshta sariq kartochka bor. Shu tariqa Keyn 3 may kuni bo‘lib o‘tadigan "RB Leypsig"ga qarshi navbatdagi tur o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

31 o‘yindan so‘ng myunxenliklar 75 ochko jamg‘arib, Germaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. E’tiborlisi, aynan "Leypsig" bilan o‘yinda myunxenliklar muddatidan avval chempionlikni naqd qilib qo‘yishi mumkin.

Joriy mavsumda 31 yoshli ingliz barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 36 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:49, 26.04.2025.
O'qildi: 711 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик