Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Atletiko" Romeroni 40-50 million yevro va bonuslar evaziga sotib olmoqchi

"Atletiko" Romeroni 40-50 million yevro va bonuslar evaziga sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Madridning “Atletiko” klubi himoyasini Kristian Romero bilan kuchaytirmoqchi.

Aytishlaricha, "Tottenxem" futbolchisi Madridning asosiy maqsadiga aylangan va agar "shporlar" keyingi mavsumda Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, uni qo‘lga kiritish osonroq bo‘lishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, londonliklar muzokaralar uchun boshlang‘ich nuqtani 70 million yevro deb bilishadi va "Atletiko" argentinalik futbolchini klublar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlanishidan oldin 40-50 million va ortiqcha bonuslar evaziga sotib olmoqchi.

Joriy mavsumda Romero APLda 18ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urdi.

Kiritildi: 13:44, 29.04.2025.
O'qildi: 1659 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик