Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Karlo Anchelottining kelajagini keyingi «el-klasiko» hal qiladi

Karlo Anchelottining kelajagini keyingi «el-klasiko» hal qiladi

Baho:
+ | -

Karlo Anchelottining «Real Madrid» bosh murabbiyi sifatidagi kelajagi Chempionlar Ligasining chorak finalida «Arsenal»ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng jiddiy so‘roq ostida qoldi. Yevropaning ushbu musobaqasi har bir mavsumda Madrid klubi uchun asosiy maqsad bo‘lib hisoblanadi, va bu mag‘lubiyat jamoa uchun yagona omadsizlik bo‘lib qolmadi — Kubok ham boy berildi. Hozircha La Liga imkoniyati saqlanib qolmoqda va aynan shu natija klub uchun muhim qarorni belgilab beradi.

Anchelotti o‘zining "Real"dagi taqdiri 11 may kuni «Monjuik»da bo‘ladigan «el- klasiko»da hal bo‘lishini biladi.

«Klasiko»gacha «Real Madrid» yana bir uchrashuv o‘tkazadi — «Selta»ni o‘z maydonida mag‘lub etishi kerak. Shunda La liga g‘olibligi uchun imkoniyatni saqlab qoladi.

«Barselona»ning «Valyadolid»ga qarshi bahsda ochko yo‘qotishi ehtimoli past, chunki raqib jamoa Primeradan tushib ketgan.

Har qanday ssenariyda, agar «Madrid» chempion bo‘lishni istasa va «Barsa»dan o‘tib ketishni maqsad qilgan bo‘lsa, 11 may kuni g‘alaba qozonishi shart. O‘sha kungi natija Anchelotti qanday oqibat keltirib chiqarishini murabbiy yaxshi biladi: yoki u lavozimini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘ladi (hech bo‘lmasa iyun-iyul oylarida bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatigacha), yoki iste’foga chiqib, yangi manzilga yo‘l oladi.

Yangi manzil — Braziliya?

Bu yangi manzil — Braziliya bo‘lishi mumkin. Braziliya futbol konfederasiyasi (CBF) Anchelottiga bosimni davom ettirmoqda. Ularning vakili «Madrid»ning bir necha uchrashuvlarida, jumladan «Arsenal»ga qarshi uchrashuv va Ispaniya Kubogi finalida ham qatnashdi. Anchelottining «Real»dan ketishi aniq bo‘lsa, braziliyaliklar unga tezroq shartnoma taklif etishni va ikki yildan beri davom etayotgan qidiruvga nuqta qo‘yishni istaydilar.

Kiritildi: 15:22, 29.04.2025.
O'qildi: 2391 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик