Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va futzal federasiyasi rahbariyati Osiyo Kubogi oldidan terma jamoa a’zolari bilan uchrashdi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va futzal federasiyasi rahbariyati Osiyo Kubogi oldidan terma jamoa a’zolari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Bugun, 30 aprel kuni O‘zbekiston futzal federasiyasi Prezidenti Bekzod Mamatqulov, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Prezidenti maslahatchilari Baxtiyor Abdullayev hamda Avaz Azizxo‘jayev Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi final bosqichi safariga otlangan terma jamoamiz a’zolari bilan uchrashdi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston futzal federasiyasi Prezidenti yurtboshimiz tomonidan sportga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlab o‘tdi. Hamyurtlarimiz futbolni, xususan futzalni yaxshi ko‘rishi va sportdagi yutuqlarimiz ularning kayfiyatiga bevosita ijobiy ta’sir qilishini qayd etdi. Xususan, xalqimiz futzal bo‘yicha ayollar terma jamoasidan ham yuqori natijalar kutayotganini alohida ta’kidladi.

Bekzod Mamatqulov (O‘zbekiston futzal federasiyasi prezidenti): "Biz murosasiz raqobatga otlanayapmiz. Osiyo kubogi musobaqasida qit’amizning eng kuchli jamoalari ishtirok etadi. Qatnashchilar orasida futzali, ayniqsa ayollar futzali jadal rivojlangan mamlakatlar bor. Ammo bizda ijobiy natija ko‘rsatish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Xalqimiz sizlarga ishonadi. Asosiysi, Vatanimiz bayrog‘ini bir tanu-bir jon bo‘lib himoya qilishimiz zarur".

Baxtiyor Abdullayev (O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti maslahatchisi): "Chindan ham sport butun xalqimizning kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Ishonamizki, kelajakda bizning jamoalarimiz jahon chempionatining muntazam ishtirokchisiga aylanadi. Sizlar esa mana shu yo‘lda tamal toshini qo‘yib berasizlar. Sizlarga aniq bir bosqichga yetib borish, ma’lum vazifa qo‘yib, bosimni orttirmoqchi emasmiz. Ishonamizki, sizlar Vatan uchun bor kuchingizni sarflaysiz. Kimga qarshi maydonga tushishingizdan qat’i nazar boshingizni baland ko‘tarib kurashga kirishing!".

Avaz Azizxo‘jayev (O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti maslahatchisi): "Men ayollar futzal jamoamiz ko‘p narsaga erishishi mumkinligini ancha oldin bilgandim. Yodingizdami, biz Sizlar bilan Osiyo Kubogi saralash bahslaridan avval ko‘rishgandik. Sizlar chindan ko‘p narsaga qodirsiz! Muhimi, o‘z kuchingizga ishoning, bir jamoa bo‘lib, bir-biringizni qo‘llab-quvvatlang! Yelkama-elka turib, harakat qiling, eng qiyin damlarda ham ruhan kuchli bo‘ling!".

Farrux Zakirov (O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi): "Haqiqatdan hech bir soha mamlakatni sport kabi tezda dunyoga tanita olmaydi. O‘zim guvohi bo‘ldimki, futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 terma jamoasi g‘alabasidan so‘ng, yigitlarimizning salohiyatiga, qobiliyatiga butun dunyo tan berdi. Ayni paytda jahonning ko‘plab taniqli futbol mutaxassislari o‘zbekning qorako‘z o‘g‘lonlariga ko‘z tikib o‘tirishibdi”.

Zumratjon Nazarova (terma jamoa a’zosi): "Musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Jamoadagilarning kayfiyati ajoyib va barchamiz bir maqsad yo‘lida birlashib, hamyurtlarimizni xursand qilishga astoydil harakat qilamiz hamda yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytamiz".

Tadbir so‘ngida mutasaddilar terma jamoamiz a’zolariga yana bir bor omad yor bo‘lishini tilab, ularga oq fotiha berishdi.

Ishonamizki, bugun Osiyo kubogining final bosqichiga yo‘l olgan qizlarimiz ham Xitoyda nimalarga qodir ekanliklarini amalda isbotlab qaytishadi.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 20:41, 30.04.2025.
O'qildi: 872 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.