"Real Madrid" jamoaning yakunlangan oydagi eng yaxshi futbolchisini tanlab oldi.
Bu e’tirof yarim himoyachi Aureliyen Tchuameniga berildi, deya xabar beradi Madrid Zone. Fransuz ketma-ket ikkinchi marta sovrinni qo‘lga kiritdi.
Umuman olganda, 25 yoshli futbolchi joriy mavsumda Karlo Anchelotti jamoasi safida barcha turnirlarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.













