"Paxtakor" bosh murabbiyi Pedru Moreyra bugun bo‘lib o‘tadigan "Surxon"ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirdi.
"Navbatdagi keskin o‘yin kutmoqda. Bunga tayyor bo‘lishimiz va mehnat qilishimiz kerak. Muxlislarimiz bilan g‘alabaga yaqinroq bo‘lamiz", - dedi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Surxon" - "Paxtakor" uchrashuvi bugun 20:15'da start oladi.













