Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

"Prezident cup – 2025" xalqaro regatasida eshkak eshuvchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

"Prezident cup – 2025" xalqaro regatasida eshkak eshuvchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

Baho:
+ | -

Ozarbayjonning Mingachevir shahrida bo‘lib o‘tgan an’anaviy "Prezident cup – 2025" xalqaro regatasida O‘zbekiston eshkak eshuvchilari yana bir bor muvaffaqiyatga erishishdi.

Baydarka va kanoyada eshkak eshish bo‘yicha 500 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda terma jamoamiz vakillari yuqori natijalar qayd etdi. C-1 yo‘nalishida Bahruz Ergashev, K-1 yo‘nalishida esa Danil Kryukov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shu yo‘nalishda ishtirok etgan Maksim Ivliyev esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, Ergashev va Kryukov 1000 metr masofadagi bahslarda ham g‘alaba qozonib, musobaqaning eng yorqin ishtirokchilaridan bo‘lishdi.

E’tiborga molik jihat shundaki, Behruz Ergashev 200 metrga o‘tkazilgan bellashuvda ham oltin medalni qo‘lga kiritgan. K-2 yo‘nalishida juftlik bahslarida Maksim Ivliyev hamda Zafar Baxtiyorov tandemi shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Zafar Baxtiyorov K-1 yakkalik bahslarida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Akademik eshkak eshish bo‘yicha 200 metr masofadagi juftliklar bahsida Lazizbek Qo‘chqorov va Sarvar Mamarasulov birinchi o‘rinni egalladi. Yakkalik bahslarida esa Qo‘chqorov kumush medal bilan taqdirlandi.

Kiritildi: 19:11, 03.05.2025.
O'qildi: 850 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.