Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Superliga «yonmoqda»!

Superliga «yonmoqda»!

Baho:
+ | -

Mamlakat milliy chempionatining 8-turi «yonayapti» do‘stlar. "Olov yoqishni" o‘zbek futboli vatani – qo‘qonliklar boshlab berishdi. Superligaga bu yil qaytgan jamoa 2025 yilgi mavsum peshqadamlaridan biri – «Bunyodkor»ni Toshkentda "devor ushlatib ketdi". «Xorazm» esa Jizzaxda amaldagi chempion «Nasaf»dan bir ochko tortib oldi.

Bugun esa bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyevni saqlab qolishga harakat qilayotgan «Buxoro» JARda «Mash’al»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Buxoroliklar 10 yildan buyon muborakliklarni Superliga doirasida o‘z maydonlarida yuta olishmayapti.

OKMK o‘zi uchun ko‘ngilli bo‘lgan an’anani bugun yana davom ettirdi. Mirjalol Qosimov shogirdlari bu yilgi chempionatda uchrashuvlarning so‘nggi daqiqalarini «yondirishayapti» va hech kim kutmagan kambeklarni amalga oshirishmoqda. 8-turda «Andijon» Mirjalol Qosimovning mana shunday "achchiq oshidan" totib ko‘rdi. 3:1 hisobida g‘alaba qozonayotgan, buning ustiga ikkinchi taymda bir kishi ko‘p bo‘lib qolgan Xomyakov shogirdlari yutuqni ushlab qola olishmadi. 87-, 90+3- hamda 90+7-daqiqalarda kiritilgan gollar OKMKga navbatdagi shov shuvli g‘alabani taqdim etdi. O‘z navbatida Olmaliq jamoasi «Andijon»ga o‘z maydonida bungacha bironta o‘yinni boy bermagan edi: 13 ta o‘yin, 9 ta g‘alaba, 4 ta durang. Bu borada ham yoqimli an’ana davom etdi.

Va nihoyat Termizning «Surxon» jamoasi 22 yildan keyin mamlakatimizning eng nomdor jamoasi «Paxtakor»ni o‘z maydonida taslim etdi.

Manba: https://t.me/komiljon_jumayev
Kiritildi: 08:30, 04.05.2025.
O'qildi: 1755 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик