Kirish Ro'yxatdan o'tish

Osimxenga «MYU»dan jiddiy qiziqish!

Osimxenga «MYU»dan jiddiy qiziqish!

Baho:
+ | -

"Napoli"ga tegishli bo‘lgan "Galatasaroy" hujumchisi Viktor Osimxen Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Hujumchiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirishda davom etmoqda. Jurnalist Santi Auna bergan ma’lumotga ko‘ra, "qizil iblislar" vakillari Osimxenning agenti bilan ilk uchrashuvni o‘tkazishgan. 26 yoshli nigeriyalik yiliga taxminan 12 mln yevro ishlab topmoqchi. Mankunianliklar uchun ustuvor variant Lissabonning "Sporting" klubi futbolchisi Viktor Dyokeresh bo‘lib qolmoqda, ammo shvedni o‘z safiga qo‘shib olish ham oson bo‘lmaydi. Qisqa ro‘yxatda "Ipsvich" futbolchisi Liam Delap ham bor.

Viktor Osimxenning Transfermarkt portalidagi taxminiy narxi - 70 mln yevro.

Kiritildi: 04:59, 06.05.2025.
O'qildi: 1172 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик