Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lineker: "PSJ"ning vaqti keldi"

Lineker: "PSJ"ning vaqti keldi"

Baho:
+2 | -

Angliya futboli afsonasi Gari Lineker “PSJ” jamoasining Chempionlar Ligasi finaliga chiqishi haqida fikr bildirdi. Parijliklar yarim finalda “Arsenal”ni 3:1 umumiy hisobda mag‘lub etgan edi.

“Menga "PSJ" yoqadi. Menimcha, ularning vaqti keldi. Bu aynan shunday bo‘lishi kerak edi: Mbappe ketdi — va aynan shu paytda ular g‘alaba qozonishmoqda!

U "Real"ga o‘tdi — bu klub har doim yutadi. Ammo bu safar emas. Menda shunday his borki, "PSJ"ning Chempionlar Ligasidagi ilk g‘alabasi aynan shu mavsumda ro‘y berishi kerak”, — dedi Lineker The Rest is Football podkastida.

Ma’lumot uchun, final 31 may, shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Unda “PSJ” “Inter”ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 23:19, 08.05.2025.
O'qildi: 915 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик