Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Milan"ning sobiq hujumchisi "Inter"ning YECHL finaliga yo‘l olganiga munosabat bildirdi

"Milan"ning sobiq hujumchisi "Inter"ning YECHL finaliga yo‘l olganiga munosabat bildirdi

Baho:
+1 | -

Chempionlar Ligasi yarim finalida “Inter”ning “Barselona” ustidan qozongan dramatik g‘alabasi butun futbol jamoatchiligiga kuchli taassurot qoldirdi — hatto odatda milanlik raqiblarini qo‘llab-quvvatlamaydiganlarga ham. Ulardan biri — “Milan”ning sobiq hujumchisi Aleshandre Pato.

Braziliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida “Inter”ning o‘yiniga yuqori baho berdi:

“Ha, men milanistaman. Lekin "Inter" qanday o‘yin namoyish etdi! Endi finalni sabrsizlik bilan kutyapman”, — deb yozdi Pato.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasi finali 31 may kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi. Unda “Inter” fransuz grandi “PSJ”ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 07:38, 09.05.2025.
O'qildi: 665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик