Yangi Rim papasi Leo XIV "Roma" muxlisi ekan.
Amerikalik Robert Prevost yangi Rim papasi etib saylandi.
U 21 aprelda 88 yoshida vafot etgan Rim papasi Fransiskning o‘rniga o‘tdi. 69 yoshli ruhoniy Leo XIV ismini oldi.
"U sportni yaxshi ko‘radi. U "Roma"ning ashaddiy muxlisi. Men u bilan "Roma" - "Fiorentina" uchrashuvidan keyin gaplashdim. U menga hazillashib: "Roma"ning g‘alabasi - Fransiskning o‘limidan keyingi birinchi mo‘’jiza bo‘ldi", - dedi Juzeppe Pagano.













