Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Rivojlanish kubogi. O‘zbekiston U-15 terma jamoasi bir kishi bo‘lib o‘ynab, Latvich ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Rivojlanish kubogi. O‘zbekiston U-15 terma jamoasi bir kishi bo‘lib o‘ynab, Latvich ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-15 terma jamoasi "Rivojlanish kubogi" doirasidagi navbatdagi uchrashuvda Latviya ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Uchrashuv dramatik tarzda rivojlandi va yigitlarimiz bir kishiga kam bo‘lib o‘ynagan holda to‘liq burilishga erishishdi.

Bellashuvning 28-daqiqasida Yahyobek Nasrulloyev ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi. Bu vaziyatdan so‘ng raqib tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va 40-daqiqada Davids Kurakins orqali hisobni ochdi. Birinchi bo‘limda boshqa gol qayd etilmadi.

Ikkinchi taymni terma jamoamiz bir qator almashinuvlar bilan boshladi va bu o‘zgarishlar o‘z samarasini tez orada berdi. 49-daqiqada Abubakr Mamatov hisobni tenglashtirdi. O‘yin so‘ngida yana bir necha strategik o‘zgarishlar amalga oshirildi.

85-daqiqada Hajiakbar Zulfiqorov penaltidan aniq zarba berib, jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi. Qo‘shilgan daqiqalarda esa Ro‘zimurod Ro‘zimurodov o‘yinning taqdirini mustahkamlab qo‘ydi — 90+4 daqiqada u jamoamizning uchinchi golini kiritdi.

U-15 “Rivojlanish kubogi"
Latviya - O‘zbekiston - 1:3
Gollar: Davids Kurakins (40') — Abubakr Mamatov (49'), Hojiakbar Zulfiqorov (85', penalti), Ro‘zimurod Ro‘zimurodov (90+4')
Chetlatish: Yahyobek Nasrulloyev (28)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:02, 10.05.2025.
O'qildi: 2411 marta.
Fikrlar: 30 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик