Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Grizmann Olivye Jiru va Ugo Lyorisning jamoadoshiga aylanishi mumkin

Grizmann Olivye Jiru va Ugo Lyorisning jamoadoshiga aylanishi mumkin

Baho:
+ | -

Fransiyalik hujumchi Antuan Grizmann Madridning "Atletiko" klubini tark etib, faoliyatini okean ortida davom ettirishi mumkin. 34 yoshli hujumchida MLS klubiga o‘tish varianti bor.

Todofichajes portali xabariga ko‘ra, Grizmanni "Los-Anjeles" o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu klubda Antuan hamyurtlari - darvozabon Ugo Lyoris va markaziy hujumchi Olivye Jiru bilan birlashishi mumkin.

Grizmanning "matraschilar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi. Transfermarkt portali fransuzning bozor narxini 22 million yevroga baholamoqda.

Antuan joriy mavsum La Ligada 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:51, 10.05.2025.
O'qildi: 947 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик