Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Keyn chempionatda 6-bor 25+gol urdi

Keyn chempionatda 6-bor 25+gol urdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" forvardi Xarri Keyn Germaniya Bundesligasida sermahsullik namoyish etishda davom etmoqda.

Angliyalik futbolchi 33-turda Myunxengladbaxning "Borussiya" klubiga qarshi o‘yinda gol urib, chempionatdagi gollari sonini 25 taga etkazib oldi. Bu orqali Keyn faoliyatida oltinchi bor milliy chempionatlarda 25+ gol urdi.

Bungacha u "Tottenxem" safida to‘rt marta (2015/16 - 25 gol, 2016/17 - 29, 2017/18 - 30, 2022/23 - 30) shunday natijaga erishgan bo‘lsa, endi "Bavariya"da ham shunday natijaga erishdi. Bundan tashqari, joriy mavsum Keyn uchun umumiy gollar soni bo‘yicha rekord bo‘ldi: ingliz hisobida barcha turnirlarda 36 ta gol bor va u Yevropaning eng yaxshi to‘purari unvoni uchun kurashni davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" mavsum yakunlanishiga bir tur qolganida 79 ochko jamg‘arib, Germaniya chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

Kiritildi: 13:52, 11.05.2025.
O'qildi: 630 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик