Italiyalik afsonaviy sobiq himoyachilardan biri Fabio Kannavaro murabbiylik faoliyati Meksikada davom ettirishi mumkin.
Insayder Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, Meksikaning 2 grand klubi "Oltin to‘p" sohibiga murojaat qilgan. 51 yoshli mutaxassis okean ortida ishlashga qiziqmoqda.
Kannavaroning so‘nggi klubi Xorvatiyaning "Dinamo Zagreb" jamoasi edi. U aprel oyi boshida klubda iste’foga chiqarilgan.













