Londonning "Arsenal" klubi yozgi transfer oynasida "Sporting" hujumchisi Viktor Dyokeresh bilan shartnoma imzolashga qaror qildi.
Sun Sport xabariga ko‘ra, "kanonirlar" 26 yoshli shvesiyalik forvardga yiliga 8,3 million yevro maosh bilan 5 yillik shartnoma taklif qilgan. Transfer 70 million yevrodan qimmatroqqa tushadi.
Hujumchi klub bilan yaxshi taklif tushsa, muammosiz ketish bo‘yicha kelishuvga erishgan.













