Rimning "Roma" klubi afsonasi Franchesko Totti faoliyati davomida hech qachon Chempionlar Ligasi finalida o‘ynamagan - ammo u bo‘lajak final o‘yinida Milanning "Inter" klubiga muxlislik qilishini aniq biladi. Eslatib o‘tamiz, Simone Indzagi shogirdlari "PSJ"ga qarshi hal qiluvchi bahsda maydonga tushadi.
"Albatta, Chempionlar Ligasi finalida Italiya klubi - "Inter"ga muxlislik qilamiz. Umid qilamanki, ular uddalashadi va chempionlar kubogini Italiyaga qaytarishadi," - deya Tottining so‘zlarini keltiradi fcinter1908.it.
Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha Yevropaning eng nufuzli klublar o‘rtasidagi musobaqasining final uchrashuvi may oyining so‘nggi kunida Germaniyaning Myunxen shahrida bo‘lib o‘tadi.













