Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

O‘FA rahbariyati FIFAning 75-Kongressida ishtirok etdi

O‘FA rahbariyati FIFAning 75-Kongressida ishtirok etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Paragvay poytaxti Asunsion shahrida FIFAning 75-Kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotga a’zo mamlakatlar qatorida O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov boshchiligidagi O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vakillari ham ishtirok etdi.

Kun tartibidan FIFA Tartib-intizom qo‘mitasi, Etika, Apellyasiya, Boshqaruv, Audit va Muvofiqlik qo‘mitasiga a’zolarni saylash, a’zo assosiasiyalar va Kengash tomonidan kiritilgan takliflarni muhokama qilish, futbolda irqchilikka qarshi global pozisiyani mustahkamlash va FIFAga a’zo bo‘lgan assosiasiyalar takliflarini muhokama qilish masalalari o‘rin oldi. Kongressda FIFA Ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati 2031 yildan boshlab 48 ta jamoaga kengaytirilishi tasdiqlandi.

FIFA prezidenti Janni Infantino yangi formatdagi FIFA Jahon chempionatlari haqida so‘z yuritar ekan, turnirlar tarixdagi eng xilma-xil musobaqalar bo‘lishini ta’kidladi. Bu — ko‘plab jamoalarga xalqaro maydonda o‘z imkoniyatlarini namoyish etishga undash hisoblanishi, ushbu o‘zgarishlar esa futbolni yanada ommalashtirish va har bir qit’aga yanada kattaroq imkon berish maqsadida qilinayotgani qayd etildi.

Futbol dunyoni birlashtiradi. Bu o‘yin faqatgina quvonch manbai bo‘lishi kerak. Futbolni rivojlantirishda barcha hududlarni qamrab olishimiz lozim. Bu bizning mas’uliyatimiz — global futbol hamjamiyatining vazifasi, dedi FIFA prezidenti.

Kongress davomida joriy yilda bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionati hamda keyingi yili o‘tkaziladigan milliy terma jamoalar o‘rtasidagi Mundial xususida ham so‘z bordi.

Kun tartibiga ko‘ra, FIFAning 76-Kongressi 2026 yil 30 aprel Kanadaning Vankuver shahrida o‘tkazilishi belgilandi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 10:05, 16.05.2025.
O'qildi: 480 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.