Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Bernardu Silva "Manchester Siti"ning yangi futbolchisini maqtadi

Bernardu Silva "Manchester Siti"ning yangi futbolchisini maqtadi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva jamoadoshi Klaudio Echeverrini maqtadi.

19 yoshli argentinalik futbolchi shanba kuni Angliya kubogi finalida "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinda (0:1) "shaharliklar" safida debyut qildi.

"U ajoyib, bu mashg‘ulotlarda sezildi. Ochig‘i, u biz bilan mashg‘ulotlarni boshlaganida hammamiz juda hayron qoldik. Biz uni bilmasdik, u esa juda, juda yaxshi! Ishonchim komilki, uni yorqin kelajak kutmoqda," - deya Silvaning so‘zlarini keltiradi City Report.

"Manchester Siti" Klaudio Echeverrini 2024 yil boshida Argentinaning "River Pleyt" klubidan sotib olgan, ammo darhol bir yilga qayta ijaraga bergan edi. Transfer qiymati 18,5 mln yevroni tashkil etgan.

Kiritildi: 10:45, 18.05.2025.
O'qildi: 1580 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик