Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Teo "Real"ga qaytmaydigan bo‘ldi

Teo "Real"ga qaytmaydigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Milan"ning chap qanot himoyachisi Teo Ernandes yaqin transferlar davrida "Real"ga qaytishi dargumon.

"Qaymoqranglilar" kelasi yili "Milan" bilan amaldagi shartnomasi tugaydigan fransiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Matteo Morettoning yozishicha, Ernandesning xizmatlarini "Real"ga taklif qilishgan, ammo "qirollik klubi" uning transferini ko‘rib chiqmagan. La Liga grandi "Benfika"dan Alvaro Karreras nomzodini ma’qul ko‘rmoqda - bitim ustida ish olib borilmoqda.

Teo Ernandesning Transfermarkt saytidagi taxminiy narxi - 40 mln yevro. Joriy mavsumda 27 yoshli futbolchi "rossonerilar" safida 49 ta o‘yinda 5 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 12:39, 18.05.2025.
O'qildi: 1356 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик