Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Yunayted" 2021/22 yildan buyon ilk bor mavsumni sovrinsiz yakunlaydi

"Manchester Yunayted" 2021/22 yildan buyon ilk bor mavsumni sovrinsiz yakunlaydi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" mavsumni sovrinsiz yakunlamoqda.

Ruben Amorim jamoasi Yevropa Ligasi finalida "Tottenxem"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:1).

Bu mavsumda mankunianliklar Angliya Superkubogi uchun o‘yinda "Manchester Siti"ga mag‘lub bo‘ldi, 1/4 final bosqichida "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda Liga kubogidan chiqib ketdi, Angliya kubogining 5-raundida "Fulxem"ga yutqazdi. APLda tur tugashiga bir tur qolganida "MYU" 16-pog‘onada bormoqda.

Oxirgi marta "Manchester Yunayted" 2021/22 yilgi mavsumda birorta ham sovrin yuta olmagandi. 2023 yilda Erik ten Xag boshchiligidagi jamoa Liga kubogini, 2024 yilda Angliya kubogini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 02:33, 22.05.2025.
O'qildi: 893 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.