"Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalot Yevropa ligasi finalida "Tottenxem"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Uchrashuv taqdiri 42-daqiqada, Brennan Jonson yagona gol muallifi bo‘lganida hal bo‘ldi.
"Bu klub hech qachon o‘lmaydi. Og‘riq - bu o‘zgarishlar sari birinchi qadam. Biz ko‘p narsalarni o‘zgartirishimiz kerak, jumladan, kundalik ishimizni. Bizning standartlarimiz boshqacha, ancha yuqori darajada bo‘lishi kerak", - deya Dalot so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.













