«Liverpul» «Manchester Yunayted» bilan bu mavsum rekord darajadagi ochkolar farqiga ega bo‘ldi.
Arne Slot jamoasi 84 ochko (25 g‘alaba, 9 durang, 4 mag‘lubiyat) bilan Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi.
«Manchester Yunayted» 42 ochko (11 g‘alaba, 9 durang, 18 mag‘lubiyat) bilan 15-o‘rinni egalladi.
Klublar o‘rtasidagi 42 ochkolik farq Premyer-liga tarixidagi bir mavsum yakunidagi eng katta tafovut hisoblanadi.













