Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Amorim: "Evrokuboklarda ishtirok etmaslik - "MYU"ning foydasi"

Amorim: "Evrokuboklarda ishtirok etmaslik - "MYU"ning foydasi"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim Chempionlar ligasini o‘tkazib yuborish uning jamoasiga keyingi mavsumda "afzallik" berishini aytdi.

Yevropa ligasi finalida "Tottenxem"ga yutqazib qo‘ygan "Manchester Yunayted" nafaqat Chempionlar ligasidan, balki umuman Yevropa musobaqalaridan ham chiqib ketdi, chunki "qizil iblislar" Premyer-ligada 15-o‘rinni egalladi.

"Bizda doim ikkita reja bor: Chempionlar ligasi bilan va usiz. Chempionlar ligasisiz esa bizga katta tarkib kerak emas.

Biz o‘z tarkibimizni yaxshiroq nazorat qila olamiz. Bizda hali yangi o‘yinchilarni olib kelish rejamiz bor, ammo umumiy reja - tarkibni yaxshilash, akademiyani yaxshilash.

Bu o‘tmishda ishlagan, shuning uchun kelajakda ham ishlashi mumkin. Moliyaviy feyr-pley tufayli biz u qadar ko‘p narsani o‘zgartira olmaymiz. Chempionlar ligasiga ega bo‘lganimizda ham bunga ruxsat berilmasdi, lekin biz tayyormiz.

Aytishim kerakki, Chempionlar ligasiga kirmaslik biz uchun ustunlik bo‘lib, yaxshiroq o‘yinlar o‘tkazishimizga va kelajak uchun jamoaning o‘zagini qurishimizga imkon beradi.

Shunday ekan, yevrokuboklarda o‘ynamaslikdan unumli foydalanganimiz yaxshi bo‘ladi", - dedi Amorim Sky Sports bilan suhbatda.

Kiritildi: 10:34, 28.05.2025.
O'qildi: 1663 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик