Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

"MYU" bosh direktori: "Kelajakda bizni nima kutayotgani haqida o‘ylash meni hayajonga solmoqda"

"MYU" bosh direktori: "Kelajakda bizni nima kutayotgani haqida o‘ylash meni hayajonga solmoqda"

Baho:
+-1 | -

"Manchester Yunayted" bosh direktori Omar Berrada tarkibni kuchaytirish borasidagi ishlar haqidagi savolga javob qaytardi.

"Evropa ligasi finalida mag‘lub bo‘lganimizdan hanuz afsusdamiz, biz bu chempionlikni qo‘lga kiritishni xohlagandik. Lekin futbolchilar, murabbiylar va xodimlar yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishmoqda.

Bu klubda ishlash katta sharaf. O‘tgan mavsum qiyin kechdi: klubni o‘zgartirish jarayoni maydonda ham, maydon tashqarisida ham boshlangan edi. Qadamlar tashlash qiyin edi, ammo ularning barchasi kelajakka eng yaxshi tarzda tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan.

Biz bir necha oydan beri transfer oynasiga tayyorgarlik ko‘rdik. Biz turli ssenariylarni o‘rganib chiqdik va endi nima qilishimiz kerakligini aniq bilamiz. Biz tarkibni qanday kuchaytirishni juda aniq tushunamiz.

Kelajakda nima bo‘lishidan hayajondaman. Ruben Amorim bizni birlik sifatida juda qattiq ishlashga majbur qiladi. Ishonchim komilki, biz muvaffaqiyatga qaytamiz" - dedi Berrada klub televideniyesiga bergan intervyusida.

Kiritildi: 22:34, 28.05.2025.
O'qildi: 1016 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик