Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 14:56 Al-Vasl - Al-Quva al-Javiya
02/11 18:45 Paxtakor 1-3 An-Nasr (SA)
02/11 21:00 Traktor - Neftchi
02/11 21:00 As-Sadd - Al-Ahli (SA)
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
02/11 23:15 Al-G‘arafa - Al-Qodisiya
02/11 23:15 Al-Ittihod - Al-Ayn
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Yevropaning eng qimmat 10 ta klubi nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Football Benchmark Group agentligining 2025 yilgi “Evropaning elit klublari baholanishi” hisobotiga ko‘ra, “Real Madrid” dunyoning eng qimmat jamoasi sifatida tan olindi. Klubning korporativ qiymati 6,3 milliard yevroga yetdi.

Kuchli uchlikdan “Manchesterning ikki jamoasi — “Siti” hamda “Yunayted” joy olgan. Har ikki klubning ham qiymati 5 milliard yevrodan yuqori baholangan.

Kuchli o‘nlikda eng katta yillik o‘sish — “Arsenal”da. London klubining qiymati 29 foizga o‘sib, 7-o‘ringa ko‘tarildi. “Chelsi”ning daromadi 8 foiz pasayib 10-o‘ringa tushib ketdi.

Yevropaning eng qimmat 10 klubi:

 1. “Real” (Ispaniya) — 6,3 mlrd yevro
 2. “Manchester Siti” (Angliya) — 5,2 mlrd yevro
 3. “Manchester Yunayted” (Angliya) — 5,1 mlrd yevro
 4. “Barselona” (Ispaniya) — 4,5 mlrd yevro
 5. “Bavariya” (Germaniya) — 4,3 mlrd yevro
 6. “Liverpul” (Angliya) — 4,1 mlrd yevro
 7. “Arsenal” (Angliya) — 3,9 mlrd yevro
 8. “PSJ” (Fransiya) — 3,8 mlrd yevro
 9. “Tottenhem” (Angliya) — 3,6 mlrd yevro
 10. “Chelsi” (Angliya) — 2,9 mlrd yevro

So‘nggi 10 yilda Yevropaning 32 ta klubining umumiy qiymati 146 foiz oshib, 64,7 milliard yevroga yetdi. Shuningdek, “Real Madrid” operasion daromadlari, ya’ni televizion huquqlar, reklama, chipta sotish, klub mahsulotlari savdosi va shunga o‘xshash tijorat faoliyati ortidan 1 milliard yevro foyda ko‘rgan birinchi futbol jamoasi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Top-10 dan joy olgan jamoalar daromadining yarmidan ko‘pi tijoratdan kelsa, kichikroq klublar moliyaviy barqarorlikni futbolchilar savdosi orqali saqlab qolmoqda, masalan, “Benfika”, “Portu” va “Atalanta”.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:03, 29.05.2025.
O'qildi: 6766 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик