Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Brunu Fernandeshning «Al-Hilol»ga o‘tishi bo‘yicha tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

Brunu Fernandeshning «Al-Hilol»ga o‘tishi bo‘yicha tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

Jurnalist Ben Jeykobsning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, portugaliyalik futbolchining agenti Migel Pinyo hafta boshida Ar-Riyodga yetib borib, u yerda «Al-Hilol» vakili, jumladan klub prezidenti Fahad bin Nafal bilan muzokaralar o‘tkazgan. Ichki manbalar uchrashuvni «samarali» deb baholagan va tomonlar muayyan ilgarilashga erishganini ma’lum qilishgan.

«Al-Hilol» klublar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlanishidan avval transferlarni yakunlashni maqsad qilgan. Shu bois, klub Fernandeshdan payshanbagacha javob berishni so‘ragan. So‘nggi 48 soat ichida futbolchining roziligini olish uchun faol harakatlar amalga oshirilgan.

«Al-Hilol» vakillari Brunu hali ham ularning taklifini rad etmaganini ta’kidlashmoqda. Ammo «Manchester Yunayted»ning pozisiyasi qattiq — klub o‘z sardorini qo‘yib yuborishni istamaydi. Mazkur transfer taqdiri yaqin kunlarda hal bo‘lishi mumkin.

Manba: championat.com
Kiritildi: 11:39, 30.05.2025.
O'qildi: 3998 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик