Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Millatlar ligasi yarim finalida Portugaliyaga qarshi o‘yindan oldingi umidlari bilan o‘rtoqlashdi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 4 iyun kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi.
"Ularda ko‘plab ajoyib o‘yinchilar va juda yaxshi murabbiy bor. Bu, albatta, qiyin o‘yin bo‘ladi", - deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.













