Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Rasman. Nursulton Ro‘ziboyevning jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Rasman. Nursulton Ro‘ziboyevning jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik aralash jang san’ati ustasi, 31 yoshli Nursulton Ro‘ziboyev 16 avgust kuni AQSHning Chikago shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC 319 turniri doirasida oktagonga ko‘tariladi.

Ro‘ziboyevning raqibi amerikalik Brayan Battle bo‘ladi. 30 yoshli Battle UFC’da 2021 yil 28 avgustdan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgacha u promoushenda 7 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat va 1 ta NC (jang o‘tkazilmagan) natijalarini qayd etgan. U so‘nggi jangini 2024 yil 7 dekabrda Rendi Braunga qarshi o‘tkazgan va hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan.

Oldinroq OAVlarda Nursulton Ro‘ziboyev UFC 319 doirasida polshalik Mixal Olekseychukka qarshi maydonga chiqishi haqida xabarlar tarqalgandi, ammo bu ma’lumot rasmiy tasdiqdan o‘tmadi.

Ro‘ziboyev hozirga qadar faoliyati davomida 47 ta jang o‘tkazib, ulardan 36 tasida g‘alaba qozongan, 9 marta mag‘lub bo‘lgan va 2 marta durang qayd etgan. Brayan Battlega qarshi bahs Ro‘ziboyevning UFC’dagi oltinchi jangiga aylanadi. Bungacha u ushbu promoushenda 5 marotaba oktagonga ko‘tarilib, 4 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, UFC 319 turnirining asosiy kartida mashhur jangchilar Hamzat Chimayev va Drikus Dyu Plessi oktagonga chiqadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:24, 10.06.2025.
O'qildi: 2357 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик