Kirish Ro'yxatdan o'tish

Van Bronkxorst "Liverpul"da Slot murabbiylar shtabiga kirishi mumkin

Van Bronkxorst "Liverpul"da Slot murabbiylar shtabiga kirishi mumkin

Baho:
+ | -

Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Jovanni van Bronkxorst "Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slotning yordamchisi sifatida ko‘rilmoqda.

Bu haqda talkSPORT xabar bermoqda. Agar kelishuvga erishilsa, van Bronkxorst "qizillar" safida yaqinda Amsterdamning "Ayaks" klubini qabul qilib olgan Jon Xeytinga o‘rnini egallaydi.

Murabbiylik faoliyatida van Bronkxorst avvalroq "Feyenoord"ni boshqargan va u bilan mamlakat chempionati, ikkita kubok va ikkita Niderlandiya Superkubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u Xitoyning "Guanchjou Siti," Shotlandiyaning "Reynjers" (Shotlandiya kubogi va Yevropa ligasi finali) va Turkiyaning "Beshiktosh" klublarida ishlagan va ular bilan Superkubokni qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 08:38, 13.06.2025.
O'qildi: 809 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик