Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jiru: "Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati - MLS uchun Yevropaga o‘zini ko‘rsatish imkoniyati"

Jiru: "Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati - MLS uchun Yevropaga o‘zini ko‘rsatish imkoniyati"

Baho:
+ | -

"Los-Anjeles" forvardi Olivye Jiru AQSHda bo‘lib o‘tadigan 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.

RMC Sport nashriga bergan intervyusida fransiyalik hujumchi turnirning liga va Amerika klublari uchun ahamiyatini ta’kidladi:

"Bu "Sietl", "Mayami" va "Los-Anjeles" uchun MLS darajasini va so‘nggi 10-15 yil ichida mamlakatda futbol qanchalik muhim ahamiyat kasb etganini namoyish etish uchun ajoyib imkoniyatdir. Biz to‘g‘ri yo‘nalishda ketyapmiz va endi o‘zimizni eng yaxshilar bilan taqqoslashimiz mumkin bo‘ladi. Ba’zi jamoalar allaqachon 60-70 ta o‘yin o‘tkazgan va bu o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Biz uchun ijobiy kayfiyatni saqlab qolish, e’tiborni sur’at va shiddatga qaratish muhim. MLS uchun bu ajoyib sinov va Yevropaga nimalarga qodir ekanligimizni ko‘rsatish imkoniyati," - dedi fransuz.

Kiritildi: 13:38, 13.06.2025.
O'qildi: 863 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.