Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

JLA delegasiyasi O‘FA rahbariyati bilan uchrashdi

JLA delegasiyasi O‘FA rahbariyati bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Jahon ligalari assosiasiyasi bosh kotibi Jerom Perlemuter, tashkilot mutaxassisi Stanislav Shtipkov, Chexiya futbol ligasi ijrochi direktori Tomas Barta hamda O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga tashkilot birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov bilan uchrashuv uchun keldi.

O‘FA hamda O‘zPFL o‘rtasidagi aloqalar uchrashuvning asosiy mavzusi bo‘ldi. Sir emaski, Assosiasiya hamda Liga o‘tgan 5 yil davomida katta hajmdagi ishni bajardi va bu albatta terma jamoalar natijalarida ham aks etdi.

Sir emaski, 2020 yildan boshlab O‘zPFL U19 chempionatini yo‘lga qo‘ydi. Bugunga kelib Superliga va Proliganing barcha klublari mazkur chempionatda o‘z jamoasi bilan ishtirok etmoqda. O‘rta hisobda 800 ga yaqin 15 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli futbolchilarni qamrab olgan musobaqa yoshlar futbolining yangi darajaga chiqishiga zamin yaratdi. Xususan, 2018 yil O‘zbekiston U17 terma jamoasi Osiyo chempionatining saralash bosqichini muvaffaqiyatsiz yakunlagan bo‘lsa, 2023 yilda jamoamiz musobaqaning yarim finaliga qadar yetib bordi, 2025 yilda esa chempionlikni qo‘lga kiritdi.

U21 chempionatining isloh qilinishi esa O‘zbekiston U20 terma jamoasi uchun seleksiya jarayonini osonlashtirdi. 2023 yilda jamoamiz qit’a kubogining sohibiga aylandi. JLA delegasiya bu yo‘lda bosib o‘tilgan qadamlar bilan tanishtirildi. O‘FA tomonidan tayyorgarlik bosqichida amalga oshirilgan ishlar ko‘rsatildi. Sir emaski, bugunga kelib O‘zbekistonning yoshlar terma jamoalari o‘ndan ziyod xorijiy yig‘inlarda ishtirok etadi hamda UYEFA, KONMEBOL kabi konfederasiyalarning kuchli terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.

Shuningdek, "Olimpik" loyihasi, uning Pro liga va Superligadagi ishtiroki, yakunda O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani, Superliganing so‘nggi yillarda jonlanishi, milliy terma jamoamizning Jahon chempionati yo‘llanmasiga qay tariqa ega chiqqani tushuntirib o‘tildi.

Yig‘ilish yakunida JLA delegasiyasi samimiy uchrashuv uchun O‘FA rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 16:23, 13.06.2025.
O'qildi: 484 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.