Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

O‘FA va O‘zPFL rahbariyati Jahon Ligalar Assosiasiyasi bosh kotibi Jerom Perlemuter bilan uchrashdi

O‘FA va O‘zPFL rahbariyati Jahon Ligalar Assosiasiyasi bosh kotibi Jerom Perlemuter bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va O‘zbekiston professional futbol ligasi rahbariyati Jahon Ligalar Assosiasiyasi bosh kotibi Jerom Perlemuter boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘FA va O‘zPFL hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihalar, ular doirasida tashkil etilayotgan musobaqalar va yaqin istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda Assosiasiya va Liga tomonidan so‘nggi yillarda amalga oshirilgan tizimli ishlar e’tirof etildi. Ta’kidlanganidek, bu mehnat o‘z samarasini berib, milliy va yoshlar terma jamoalari natijalarida ham aks etmoqda.

Davlatimiz rahbarining doimiy e’tibor va ko‘magida mamlakatimizda futbol har tomonlama rivojlanmoqda. Bugungi kunda 17 ta terma jamoamiz yagona tizim asosida xalqaro musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Barcha hududlarda futbol akademiyalari tashkil etilib, zamonaviy tayyorlov tizimi yo‘lga qo‘yilgan, — dedi O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov.

Uchrashuv davomida turli yosh toifalari bo‘yicha o‘tkazilayotgan ichki chempionatlarning o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari uchun samarali seleksiya tizimiga aylangani, bu esa xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlarga zamin yaratgani alohida ta’kidlandi. Jumladan, 2023 yilda yoshlarimiz yurtimiz mezbonlik qilgan Osiyo Kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2024 yilda Olimpiya terma jamoamiz tarixda ilk bor Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, uchrashuvda «Olimpik» loyihasi, uning Pro Liga va Superligadagi ishtiroki, hamda milliy terma jamoamizning Jahon chempionati yo‘llanmasi va keyingi rejalar yuzasidan ma’lumot berildi.

Yig‘ilish yakunida JLA delegasiyasi O‘zbekiston futboli rivoji yo‘lida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholab, uzoq muddatli samarali hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 21:13, 13.06.2025.
O'qildi: 711 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.