Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi vingeri Luis Enrike o‘zining sobiq jamoasi - Braziliyaning "Botafogo" klubiga qaytishni xohlashini aytdi.
"Men qaytishni istardim. Ko‘ryapmanki, jamoa kuchaygan, ular hozir yaxshi ishlamoqda.
Men "Botafogo"ning o‘yinlarini kuzatib boraman, bu menda jamoaga qaytish istagini uyg‘otadi", - deydi futbolchi.













