Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dibala: "Bu fransuzning og‘zi katta"

Dibala: "Bu fransuzning og‘zi katta"

Baho:
+1 | -

“Roma” hujumchisi Paulo Dibala 2024 yil aprel oyida Rim derbisi vaqtida “Lasio” yarim himoyachisi Matteo Genduzi bilan yuz bergan voqeaga izoh berdi.

Uchrashuv vaqtida futbolchilar o‘rtasida mojaro yuzaga kelgan: Genduzi Dibalaning tomog‘idan ushlab olgan, shundan so‘ng futbolchilar ajratilgan.

Dibala mojaroga fransiyalik yarim himoyachining provokasion so‘zlari sabab bo‘lganini aytdi:

"Bu fransuzning og‘zi katta. U tez-tez yoshlarni kamsituvchi gaplarni aytadi. Ularga chipta sotib olib, o‘z mamlakatlariga qaytarib yuborishini aytdi.

Bu e’tibordan chetda qolmadi. U bilan bo‘lgan epizodda men maydonda javob berishga qaror qildim - va kim jahon chempioni bo‘lganini eslatdim", - dedi futbolchi.

Kiritildi: 19:44, 16.06.2025.
O'qildi: 2281 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик