Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 1-0 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

"Napoli" "Liverpul" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olish harakatlarini to‘xtatmayapti

"Napoli" "Liverpul" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olish harakatlarini to‘xtatmayapti

Baho:
+ | -

"Liverpul"ning urugvaylik hujumchisi Darvin Nunyes yozda klubni tark etishi mumkin.

Insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, "Napoli" tez orada futbolchining vakillari bilan muzokaralarni qayta boshlash niyatida. Italiya klubi bir necha haftadan buyon forvardni kuzatib kelmoqda, ammo transfer shartlarini muhokama qilishda haligacha oldinga siljiy olmayapti. Avvalroq, "Liverpul" Nunyesni kamida 70 million yevroga baholayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Urugvaylik futbolchiga "Napoli"dan tashqari Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirmoqda. Nunyesning transferi muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda, neapolliklar hujumni kuchaytirishning muqobil variantlarini ko‘rib chiqmoqda - nomzodlar orasida "Udineze"dan Lorenso Lukka va "Manchester Yunayted" forvardi Rasmus Xyoylunn ham bor.

Kiritildi: 08:53, 19.06.2025.
O'qildi: 877 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик