"Inter Mayami" bosh murabbiyi Xavyer Maskerano Lionel Messining "Portu"ga (2:1) qarshi o‘yindagi harakatlari haqida fikr bildirdi.
37 yoshli futbolchi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi 2-turi doirasidagi bahsda jarima zarbasidan gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
"Messi jarohat bilan o‘ynadi va uning og‘riqni his qilib yugurishda davom etishi aqldan ozishdir. U umuman maydonga tushmasligi mumkin edi - bizda hech qanday kafolat yo‘q edi," - dedi Maskerano DAZN'ga bergan intervyusida.













