"Atletik" qanot hujumchisi Niko Uilyams "Barselona"ga o‘tish arafasida.
Insayder Nikolo Skiraning yozishicha, Uilyamsning "Barselona"ga transferi yakuniy bosqichda turibdi. Yulduz futbolchi uchun kataloniyaliklar 58 million yevro to‘laydi, futbolchining o‘zi esa klub bilan 2031 yilgacha bo‘lgan mehnat shartnomasini imzolaydi va har mavsum uchun 7,5 million yevro maosh oladi, deya ta’kidlaydi manba.
Joriy mavsumda 22 yoshli Uilyams barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













