Madridning "Real" klubi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Pachuka"ga qarshi o‘yin boshidayoq bir kishi kam bo‘lib qoldi.
Uchrashuvning 7-daqiqasidayoq "qaymoqranglilar" himoyachisi Raul Asensio maydondan chetlatildi - u to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Shunga qaramay, Xabi Alonso jamoasi o‘yinda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Asensio bir xil xatoga ikki marta yo‘l qo‘ydi. Biz aqlliroq bo‘lishimiz kerak," - dedi Kurtua bergan intervyusida.













